Press-relizlar

  1. 2019 yilning 1 yarim yillik natijalari.

Viloyat maktabgacha ta’lim tizimida jami 1 444 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) mavjud. Ulardan 637 tasi davlat va 807 tasi nodavlat (xususiy 51 ta, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida 28 ta, oilaviy
727 ta) MTTlar.

Viloyatda mavjud 315 028 nafar maktabgacha yoshdagi bolalarning 108621 nafari maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilgan o‘rinlar hisobiga maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qamrab olinishi darajasi
34,5% ga yetkazildi.Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5,4%ga oshdi.

Misol uchun, viloyatda qamrov darajasi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan Nurobod tumanida 2,2%ga, Qo‘shrabot tumanida 7,5%ga,Bulung‘ur tumanida 5,5%ga, Ishtixon tumanida 5,2%ga, Pastdarg‘om tumanida 3,1%ga, Oqdaryo tumanida 9,1%ga, Payariq tumanida 4,9%ga va Jomboy tumanlari 9,7% ga o‘sdi.

Ushbu ko‘rsatkichlar quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida erishildi:

– 82 ta faoliyat ko‘rsatayotgan MTTning 215 ta bo‘sh turgan xonalari mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi;

– 755 ta 20 600 o‘rinli DXSh asosidagi NMTT faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu ko‘rsatkich viloyat bo‘yicha umumiy qamrovning 6,5 % ini tashkil etmoqda;

– 32 nafar tadbirkorlar bilan 2500 quvvatga ega nodavlat MTTlarni tashkil etish uchun DXSh bitimlari imzolandi. 12 300o‘ringa ega 492ta oilaviy shakldagi nodavlat bog‘chalarini tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlar bilan kelishuvga erishildi.

– Bitim imzolagan tadbirkorlarning 92 nafariga umumiy qiymati
144 689 mln.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

2019 yilning I yarim yilligida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat budjetidan 165 545,5mln. so‘m mablag‘ ajratilib, hisobot davrida
150 668,0mln. so‘m (91,0%) mablag‘ o‘zlashtirildi.

Maktabgacha ta’lim tizimida jami 1 618 yangi ish o‘rinlari yaratildi (Davlat MTTlarni ochilish hisobidan 164 ta, davlat-xususiy sheriklik hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish hisobiga 1454 ta).